Ekoqo‘mita turumtoy qushlarining otib o‘ldirilayotgani aks etgan videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi

  • 15:21 / 23.07.2021
  • 360

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi garajlardan birida 3-4 yigit ov quroli bilan turumtoy qushlarini otib o‘ldirayotganligi to‘g‘risidagi xabar yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Qo‘mita axborot xizmati ma’lum qilishicha, videoda tasvirlangan holat 2020-yil sentyabr oyida sodir etilgan. 

Bunda noma’lum  shaxslar tomonidan ikki dona turumtoy qushlari pnevmatik qurol bilan otilganligi tasvirlangan. 

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilib, qonunbuzar fuqaro shaxsi aniqlangan.

 Fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasiga asosan 1 mln. 115 ming so‘m jarima hamda hayvonot olamiga  yetkazilgan zarar uchun 4 mln 446 ming so‘m miqdorda ustama to‘lov belgilangan.