Eldor Shomurodov Jenoa’ning eng qimmat o‘yinchisiga aylandi

  • 11:11 / 29.05.2021
  • 351

Jenoa’ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 2020/21-yilgi mavsum yakunlangach, grand jamoaga o‘tib ketishi mumkin. Transfermarkt portali uning transfer narxini ham e’lon qildi.

Eldorning o‘yini Jenoa’ni chempionat  turnir jadvalida o‘z o‘rnini yaxshilab olishga  yordam berdi. 

Hujumchi 31ta o‘yinda 8ta gol urib, klubning ikkinchi raqamli "bombardir"iga aylandi. 

2020/21-yilgi mavsumni 25 yoshli Eldor Shomurodov Rossiyaning Rostov jamoasida boshlagan. 2020-yil 1-oktyabr kuni esa Italiyaning Jenoa'si Eldorni klubga o‘tganini rasman tasdiqladi. U o‘zining Jenoa tarkibidagi ilk o‘yinini 19-oktyabrda Verona’ga qarshi o‘tkazdi. Birinchi golini esa Eldor Parma’ning darvosaziga urdi. 

Yanvar va fevral oylarida o‘zbekistonlik futbolchi ikkita gol urdi. 

Mavsum oxiriga kelib esa, Eldorning o‘yini ochildi. So‘nggi oltita o‘yinda Shomurodov beshta gol urdi. Latsio’ga urgan goli Jenoa’ga g‘alaba keltirgan bo‘lsa (3:4), Atalanta klubiga urgan ikkita goli hisobni 3:4 gacha qisqartirdi. 

Shomurodov  har o‘yinda o‘rtacha 54 daqiqa to‘p suradi, u 54ta  bosh bilan o‘ynalgan bahslarning barchasida ustunlik qilgan. Mavsum oxiriga kelib, Eldor Shomurodov Jenoa’ning eng qimmat o‘yinchilar qatoridan joy oldi. Mashhur portal uning transfer narxini 7 mln. yevroga baholamoqda.