2020-yilda Turkmanistondan $335 millionlik elektr energiya va neft mahsulotlari import qilingan – statistika

  • 18:02 / 30.04.2021
  • 308

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi savdo aylanmasi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020-yilda ikkala davlat tashqi savdo aylanmasi – 527,1 mln AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan 128 mln AQSh dollari eksport bo‘lsa, import 399,1 mln AQSh dollarini tashkil qilgan.
O‘zbekiston eksport yuqori ulushga ega sohalar:
–  Xizmatlar – 53,8 mln.
–  Kimyoviy mahsulotlar – 38,2 mln.
–  Oziq-ovqat mahsulotlari – 16,9 mln.

Shuningdek, importida yuqori ulushga ega bo‘lgan sohalar esa:  

–  Energiya va neft mahsulotlari – 334,8 mln.
–  Kimyoviy mahsulotlar – 46,2 mln. 
–  Mashina va asbob uskunalar – 2,9 ming AQSh dollari