2020-yilda Facebook, Google va Apple O‘zbekistonga jami 11 mlrd. so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

  • 12:13 / 04.05.2021
  • 46

O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatayotgan ayrim xorij kompaniyalariga Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi xizmat ko‘rsatadi. Ushbu xorijiy kompaniyalar 2020-yilda O‘zbekistonda quyidagi miqdorlarda soliq to‘ladi:

Facebook Ireland Limited kompaniyasi – 5 mlrd. 981 mln so‘m;
Google Commerce Limited – 3 mlrd. 453 mln. so‘m;
Apple Distribution International Limited – 1 mlrd. 934 mln. so‘m;
Netflix International B.V. – 190 mln. so‘m;
Booking. Com B.V. – 181 mln. so‘m;
Yandex Europe AG – 136 mln so‘m. miqdorda soliq tushumlarini amalga oshirgan.

2020-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston hududida elektron xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 23 ta bo‘lib, keyinchalik ularning soni yana 3 taga ko‘paydi va 2021-yil 1-aprel holatiga jami 26 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda QQS bo‘yicha soliq to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

2020-yil yakuniy hisoblariga asosan, bunday kompaniyalar uchun hisoblangan jami qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori 12,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2021-yil 1-chorakda mazkur kompaniyalardan davlat byujdetiga 4,3 milliard so‘mlik soliq tushumlari tushishi ta’minlandi.