“Emmi” mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

  • 09:50 / 20.09.2021
  • 129

AQShning Los-Anjeles shahrida “Emmi” mukofotining 73-taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Asosiy nominatsiya – “Eng yaxshi dramatik serial” yoʻnalishidagi gʻoliblik “Toj” serialiga nasib qildi. Eng yaxshi drama aktrisasi va aktyori sifatida esa Oliviya Kolman va Josh OʻKonnor eʼtirof etilgan. Ijodkorlarning har ikkisi ham mukofotni “Toj” serialidagi rollari uchun olishgan.

 

Gʻoliblar roʻyxati bilan tanishing:     

• Eng yaxshi komedik serial – “Ted Lasso”;

• Eng yaxshi komedik aktrisa – Jin Smart (“Makrlar”)

• Eng yaxshi komedik aktyor – Jeyson Sudeykis (“Ted Lasso”);

• Eng yaxshi mini-serial – “Qirolichaning yurishi”;

• Eng yaxshi mini-serial aktrisasi – Keyt Uinslet (“Isttaunlik Meyr”)

• Eng yaxshi mini-serial aktyori – Yuen Makgregor (“Xolston”);

• Eng yaxshi televizion film – “Maydondagi rojdestvo” myuzikli

 

Joriy yilda nominatsiyalar boʻyicha yetakchilik “Toj” va “The Mandalorian” seriallariga tegishli boʻldi. Ushbu seriallarning har ikkisi ham 24 ta yoʻnalish boʻyicha nomzod sifatida taqdim etilgan.