Endi oilaviy korxonalar uchun kommunal to‘lovlarda yengillik bo‘ladi

  • 13:46 / 12.11.2019
  • 341

Endilikda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oilaviy korxona uchun noturar bino-inshootlardan foydalanilganda ham kommunal xizmat to‘lovlari aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanadi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.


“Bugungi yalpi majlisda "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida" gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masala ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. 

Asosiy o‘zgartirishga ko‘ra, oilaviy korxona endilikda noturar joy bino-inshootlaridan foydalanganda ham kommunal infratuzilma xizmatlari( elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti, va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lashda aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Qonunning amaldagi 28-moddasiga ko‘ra oilaviy korxona turarjoydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish, ish, xizmat bajarishdagina aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshirilar edi”, deydi deputat o‘zining Telegram’dagi kanalida.