Endi o‘zbekistonliklar deyarli har kuni Dubayga uchishlari mumkin

  • 12:36 / 02.06.2021
  • 238

Uzbekistan Airways BAAga doimiy reyslar sonini ko‘paytirdi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yil 19-iyundan boshlab haftaning seshanba kunidan tashqari har kuni “Toshkent – Dubay – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlar amalga oshiriladi. 
Shuningdek, BAAga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar narxi ham ma’lum qilingan:
–  Toshkent - Dubay: 2 325 712 so‘mdan boshlanadi;
–  Toshkent – Dubay – Toshkent: 3 627 220 so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq, O‘zbekiston transport vazirligi Fly Dubai aviakompaniyasi ham “Dubay-Toshkent-Dubay” yo‘nalishi bo‘yicha haftada beshdan oltitagacha parvozlar sonini ko‘paytirishi haqida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Uzbekistan Airways BAAga haftasiga besh marta aviaqatnovlarni amalga oshirar edi.