Endi xorijiy valyutadagi “oldi-berdi”larni ham notarial tasdiqlashga ruxsat beriladi

  • 15:06 / 15.09.2021
  • 85

Jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat beriladi. 

Bu borada Prezidentning “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qarz shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summasini undirish bo‘yicha ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdorini ikki baravar kamaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.

Shuningdek, Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi:

– banklarga yetkazilgan mahsulot uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq;
– davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mahsulotlarni yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida to‘lovni oldindan belgilashga doir talab;
– qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab. https://t.me/huquqiyaxborot/10405