Eng ilg‘or harbiylar tanlovi yakunlandi 

  • 11:28 / 28.11.2019
  • 329

O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli Jizzax viloyatidagi “Forish” tog‘ dala-o‘quv poligonida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari miqyosidagi “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Bu haqida Mudofaa vazirligining Matbuot xizmati vakili Xabardor.uz ga ma’lum qildi.

Ushbu nufuzli musobaqada Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okrug va bo‘linmalar bilan bir qatorda Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bo‘linmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari kasbiy mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

“Men g‘olib!” shiori ostida tashkil etilgan Mazkur musobaqa besh kun davom etdi. 

Unda okruglar miqyosida saralab olinib, tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar “Eng ilg‘or harbiy qism komandiri”, “Eng ilg‘or batalyon komandiri”, “Eng ilg‘or vzvod komandiri”, “Eng ilg‘or guruh komandiri”, “Eng ilg‘or serjant” nominasiyalari bo‘yicha bellashdi.

Eslatib o‘tamiz, “Eng ilg‘or mutaxassis” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 2020-yil 14-yanvar – Vatan himoyachilari kunida tantanali tarzda e’lon qilinib, taqdirlanadi.

Xabardor.uz