Eng yirik internet saytlari ishlamay qolyapti

  • 18:31 / 08.06.2021
  • 220

O‘ndan ortiq ijtimoiy tarmoq saytlari va yirik xalqaro ommaviy axborot vositalarining saytlarida global uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda internet manbalardagi nosozliklar va uzilishlarni kuzatuvchi Downdetector sayti xabar beradi.

Ma’lumot qilinishicha, foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta xizmatlar bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berishyapti. Platformalardan Reddit, eBay, Stackoverflow, Spotify, Twitch, Twitter’da nosozliklar kuzatilgan bo‘lsa, CNN, New York Times, Amazon, GitHub, The Verge va Financial Times gazetalari saytlari ishlamay qolgan.

Twitter foydalanuvchilarining ta‘kidlashicha, ularning ba‘zilarida smayliklar ko‘rinmay qolgan. Musiqa kutubxonasi Spotify’da ro‘yxatdan o‘tgan foydalunuvchilar ham ma’lum muddat foydalana olishmagan. Shu bilan birga Rossiya kompaniyalari saytlarida ushbu holatlar kuzatilmadi, deb ta‘kidlaydi Downdetector.

Ayni paytda muammolarni bartaraf etishga qancha vaqt ketishi ma‘lum emas.