Enrike Iglesias ijodiy faoliyatini yakunladi

  • 13:57 / 08.09.2021
  • 395

Ispaniyalik xonanda Enrike Iglesias tez orada yangi albomi taqdim etilishi va ijodiy faoliyatini yakunlagani haqida maʼlum qildi.

Ijodkorning aytishicha, u sahnani tark etish haqida anchadan beri reja qilib keladi. “Bu haqida oxirgi bir necha yillardan beri oʻylab kelaman. Ilk marta bu haqida 2015-yilda oʻylab koʻrgandim”, dedi Enrike.

Xonanda yangi albom uning ijodiy faoliyatidagi oxirgisi boʻlishini taʼkidlagan. Albomga xonandaning sahnadan ketishiga ishora qilgancha “Soʻnggi” deb nom berilgan va uning 17-sentyabr kuni taqdim etilishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Enrike Iglesias ayni vaqtda taniqli tennischi Anna Kurnikova bilan uch farzandni voyaga yetkazyapti.