Entoni Xopkins eng yaxshi aktyor deb e'lon qilindi

  • 09:55 / 12.04.2021
  • 212

83 yoshli britaniyalik aktyor Entoni Xopkins Britaniya kino va televizion san’at akademiyasining (BAFTA) eng yaxshi aktyor mukofotiga sazovor bo'ldi. 

Nufuzli mukofot aktyorning qarilik, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlari haqida hikoya qiluvchi fransuz rejissyori Florian Zeller tomonidan suratga olingan "Ota" (The Father, 2020) drama filmidagi roli uchun berildi.

Bundan tashqari, BAFTA tomonidan eng yaxshi film "Ko‘chmanchilar mamlakati", eng yaxshi aktrisa – Frensis MakDormand ("Ko‘chmanchilar mamlakati"), eng yaxshi rejissyor - Xloya Chao ("Ko‘chmanchilar mamlakati"), ingliz tilida bo‘lmagan eng yaxshi film – "Yana bitta", eng yaxshi animatsion to‘liq metrajli film – "Ruh" deb e‘lon qilindi.