Erling Holand La Liganing grand jamoasi bilan shartnoma imzolashga yaqin 

  • 17:07 / 16.06.2021
  • 718

Erling Holand va uning agenti “Real Madrid” bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda.  

Dortmundning “Borussiya klubi” hujumchiis Erling Holand hozirda yozgi ta’tilini Gretsiyada o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, norvegiyalik iqtidorli futbolchi o‘z kelajagi haqida ham o‘ylamoqda.

Qayd etilishicha, Xoland va uning agenti Mino Rayola futbolchining “Real”ga o'tishi borasidagi kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Ammo, ushbu masalaga chek qo‘yishga hali erta, chunki “Borussiya” futbolchini yozda qo‘yib yubormoqchi emas.

Bir yildan so‘ng, Xolandni 75 million yevroga sotilishi  mumkin bu futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan. O‘z navbatida Dortmund klubi ham ko‘proq pul ishlab olish maqsadida Erlingni hozir sotmoqchi emas.

Ma‘lumot uchun, o‘tgan mavsumda norvegiyalik hujumchi barcha musobaqalarda 41 o‘yin o‘tkazib, 41 gol, 12 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.