Eron o‘zining COVID-19’ga qarshi vaksinasini rasman tasdiqladi

  • 13:01 / 15.06.2021
  • 180

Eron hukumati mamlakatda ishlab chiqarilgan COVIran Barekat vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Xabarga  ko‘ra, preparat Eronning Shifafarmed farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Vaksinaning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida boshlangan edi.

Ta’kidlanishicha, bunday qarorga kelishga sabab AQShning Eronga nisbatan sanksiyalari bo‘lgan. Vaksinalarni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq muammolar tufayli bunday qadam tashlagan.
 
Ma’lumot uchun, Eron Yaqin Sharqdagi koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat hisoblanadi.