Esvatinidagi tartibsizliklar oqibatida 40 kishi halok boʻldi

  • 10:33 / 04.07.2021
  • 225

Janubiy Afrikaning Esvatini qirolligida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 40 kishi hayot bilan vidolashdi.

Qirollikda monarxiyani agʻdarish va demokratik boshqaruv oʻrnatish uchun namoyishlar boshlangan edi. Namoyishlar yirik tartibsizlikni keltirib chiqargan, fuqarolar qirol Msvati III ga tegishli boʻlgan doʻkon hamda muassasalarni yoqib yuborganlar.

Buning oqibatida mamlakatda komendantlik soati eʼlon qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarning aksariyat qismi qirol Msvati buyrugʻiga binoan qatl qilingan. Mahalliy manbalarda esa ular komendantlik soatini buzganlari uchun oʻldirilgani aytilmoqda.