Everestni zabt etgan o‘zbekistonlik alpinist “O‘zbekiston iftixori” bo‘ldi

  • 10:43 / 08.06.2021
  • 100

Himolay tog‘ining eng baland nuqtasi Everest cho‘qqisiga O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatgan o‘zbekistonlik Sergey Denisenko Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Ma’lum qilinishicha, Sergey Denisenkoga Prezident farmoni bilan 8-iyun kuni “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni berilgan. Bundan tashqari, unga Prezident sovg‘asi – Trailblazer avtomobilining kaliti ham topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyun kuni Denisenko sayyoramizning eng baland nuqtasida bayrog‘imizni ko‘targan edi.  
.