Farg‘ona hamda Buxoro viloyatlari hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

  • 13:13 / 05.05.2021
  • 174

Farg‘ona hamda Buxoro viloyatlarining hokimlariga  turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlandi.

Unga ko‘ra, Ahmedov Xurshidjon Rustamovich Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Xurshidjon Ahmedov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek,  Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 
U shunga qadar viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.