Farg‘onada 16-17 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini o‘ldirib, dalaga tashlab ketgani aytilmoqda

  • 11:41 / 22.07.2021
  • 426

Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 19-iyul kuni 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vahshiylarcha o‘ldirib dalaga tashlab ketishganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 20-iyul kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va 164 (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs (3 nafari voyaga yetmagan) gumonlanuvchi tariqasida prosessual tartibda ushlangan. 

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, joriy yilning 20-iyul kuni Farg‘ona viloyati Quva tumani Tolmozor qishlog‘i hududidan 45 yoshlar chamasidagi erkak kishining bosh o‘ng chakka qismida jarohat izlari bilan jasadi topilgan. 
Tezkor tergov surishtiruvlar natijasida marhumning 1975-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan fuqaro A.R. ekanligi aniqlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchilar 2003-yilda tug‘ilgan K.T., 2004-yilda tug‘ilgan A.D., 2004-yilda tug‘ilgan A.N. va 2005-yilda tug‘ilgan T.M. lar Nexia-3 avtomobilini taksi sifatida yollab, Quva tumani hududida joylashgan “Karkidon” suv ombori tomonga borishgan. Kimsasiz hududga kelganidan so‘ng turli bihonalar bilan avtomobilni to‘xtatishgan va A.N. o‘zi bilan olib kelgan qaychi bilan haydovchining bo‘yin sohasida jarohat yetkazgan. So‘ng 4 nafar yo‘lovchilarning barchasi haydovchini o‘zlari bilan olib kelgan turli asboblar, jumladan, tosh bilan urib, hushidan ketkazib, dalada qoldirib ketgan. So‘ng ular avtomobilda qolgan “Mi Note Pro” smartfonini olib, avtomashinani tumandagi Qirguli mavzesi hududida qoldirib ketgan.