Farg‘onada 60 million so‘m pulni o‘marib ketgan o‘g‘ri ayol ushlandi

  • 21:41 / 06.06.2021
  • 243

Marg‘ilon shahrida yirik miqdordagi pul mabg‘larini o‘g‘irlagan ayol qilmishi fosh bo‘ldi. Bu haqida Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi.

1-iyun kuni Do‘stlik MFYda yashovchi Y.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu kuni noma’lum shaxs ayolning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda uning yotoqxonasidan 60 million so‘m pul mablag'ini yashirincha o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik)ga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.A. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.