Farg‘onada FVB xodimlari uyida betob bo‘lib qolgan yolg‘iz ayolga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishdi

  • 09:48 / 04.08.2021
  • 213

Joriy yil 3-avgust kuni soat 11:05 da Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Farg‘ona shahri ko‘chalarining birida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatida istiqomat qiluvchi fuqaroning kechadan buyon ko‘chaga chiqmayotganligi, qo‘shnilar tomonidan chaqirilganda, hech kim javob bermaganligidan xavotirlanib, murojaat qilingan. 

Qutqaruvchilar tomonidan profilaktika inspektori hamkorligida maxsus uskunalar yordamida 3-qavatda joylashgan xonadonning balkoni orqali uyga kirilib, eshik ochilgan va xonadon yotoqxonasida fuqaroning betob bo‘lib yotib qolganligi aniqlangan.

Onaxonga birinchi yordam ko‘rsatilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifokorlarga topshirilgan.

Hozirda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.