Farg‘onada tomorqasida 6 ming tup “ko‘knor” yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

  • 11:28 / 01.06.2021
  • 333

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani IIB TEQKG va JQB xodimlari tomonidan 2021-yil 29-may kuni tuman hududida “Qoradori-2021” tadbiri o‘tkazilgan. 

Tadbir davomida Toshloq tumani “Xonaqa” mahallasida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro – D.Gʻ. ning yashash xonadonining tomorqasi xolislar ishtirokida tekshirilganida, tomorqasidan 6 117 tup “ko‘knor” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro D.Gʻ. ga nisbatan Tushloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 270-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.