Farg‘onadagi 2 ta OTMga rektor tayinlandi

  • 15:04 / 11.06.2021
  • 36

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, 2 ta OTMga rektor tayinlandi.

Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich Farg‘ona davlat universiteti rektori etib saylandi. 

U oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining yoshlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.

U shu kungacha Qo‘qon davlat pedagogika institutida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.