Farg‘onalik bloger vafot etdi. O‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan

  • 17:26 / 15.09.2021
  • 173

Bosh prokuratura farg‘onalik bloger “Qo‘qonjonim” sahifasi egasi Iqboljon Komiljonovning vafoti yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 

Ma’lum qilnishicha, I. Komiljonovning vafot etganligi holati yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.   

Shuningdek, marhumning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ma’lumot uchun, I. Komiljonov joriy yil 7-sentyabr kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining proktologiya bo‘limiga yotqizilgan.

8-11-sentyabr kunlari 2 ta operasiya o‘tkazilib, o‘tkir yiringli paroproktit kasalligi bartaraf etilgan. 

Keyinroq unda nafas yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya kuzatilgan. Virus o‘pkasining 50 foizidan ortig‘ini zararlagan. 

Eslatib o‘tamiz, blogerning shifoxonaga yotqizilishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda uning tanqidiy materiallari uchun zahrlangani haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lgan, ammo keyinroq berilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra bu taxmin o‘z tasdig‘ini topmagan edi.