"Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi

  • 13:36 / 01.01.2020
  • 297

“O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyuldan boshlab “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori”institutini joriy etiladi.

Belgilanishicha, “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasida tadbirlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan Agentlik bilan birgalikda amalga oshiradi.
Quyidagilar “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar tomonidan retseptlarni yozish va dori vositalarining savdo nomi uchun cheklangan narxlarni shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etilishini monitoring qilish va baholash;

tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarga tashrif buyurish, telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta yoki mobil ilovalar orqali murojaat qilish, shuningdek, boshqa masofaviy usullar orqali maʼlumot toʻplash va monitoring olib borish;

maʼlumot toʻplash va monitoring qilishga tegishli vakolatli organlar xodimlarini ham, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa shaxslarni (“sirli xaridorlar”) ham jalb etish;

tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar rahbarlari va (yoki) xodimlarini huquqbuzarliklar sodir etish hamda vakolatlarini suiisteʼmol qilishga undovchi usullardan foydalanishini taqiqlash;

qonunchilik talablarini birinchi marta buzgan tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar, shuningdek, ularning rahbarlari va (yoki) xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllamasdan, tushuntirish ishlarini olib borish, har tomonlama yordam koʻrsatish;

“farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” institutini joriy etish doirasida oʻtkazilgan monitoring natijalari asosida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish.