Fergyusonga qarshi jang yana “otmen”. Habib barchasiga oydinlik kiritdi

  • 11:03 / 31.03.2020
  • 1490

UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov 18-aprel kungi Toni Fergyusonga qarshi jangi bekor qilinishini e’lon qildi, deb yozmoqda TalkSport nashri.

Xabarda aytilishicha, butun dunyoda chegaralar yopiq. Hamma karantinda. UFC rasmiylari esa AQSh shtatlaridan birida musobaqa o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

“Chegaralar yopiq bo‘lganligi uchun men hozir Rossiyadan hech qayerga chiqib keta olmayman. Shunday ekan jang mensiz o‘tishi aniq. 

Bunga qarshi emasman. Mayli buni qoidalarga ko‘ra qilaverishsin. Sportchilar esa normal hayot kechirishi uchun jang qilishi kerakligini tushunaman. 

Bilishimcha, Fergyusonning raqibi boshqa bo‘ladi”, deydi Habib Nurmagomedov Instagram’dagi jonli efir vaqtida.