Floyd Meyvezer va videobloger o‘rtasidagi jang yakunlandi. Natija esa kutilmagan bo‘ldi 

  • 09:12 / 07.06.2021
  • 553

“Hard Rock Stadium” arenada o‘tgan kechaning markaziy jangida amerikalik afsonaviy bokschi, 44 yoshli Floyd Meyvezer 26 yoshli videobloger Logan Polga qarshi ringga ko‘tarildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi.  

Bahsda ustunlik Meyvezer tomonidan bo‘lgan bo‘lsada, nokaut qayd etilmagani bois g‘olib nomi aniqlanmadi. Chunki jang shartlarida g‘alabaga faqat nokaut orqali erishish kerakligi keltirilgan edi.

Qayd etish mumkin, Floyd 70,3 kg (155 funt), Pol esa 85,7 kg (189.5 funt) vazn toifasida ringga ko‘tarilishdi.

Ma’lumot uchun, Floyd professional faoliyati mobaynida 50ta jang o‘tkazib, ularning hammasida g‘alaba qozongan.

Logan Pol hisobida esa mag‘lubiyat bilan tugatilgan bitta jang mavjud.