“Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi

  • 18:44 / 05.08.2021
  • 142

Joriy yilning 5-avgust kuni (Toshkent vaqti bilan soat 12.30da, XY-359 reysi orqali) Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridan “Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi.

A320NEO samolyoti Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘ndi. Hammasi bo‘lib, bortda 18 yo‘lovchi bo‘lgan, ular orasida RUH va Flynas Management vakillari bor. Flynas kompaniyasining birinchi reysini Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi hodimlari va OAV vakillari kutib olishdi. 

“Flynas” parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimini koʻpaytiriladi, Oʻzbekistonning yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuboriladi.

Bundan tashqari, u yerda Oʻzbekiston turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkaziladi.

Mazkur reys, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlashga hamda mamlakatimizga Saudiya Arabistoni Qirolligidan tashrif buyuruvchi turistlarning sonini oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Maʼlumot uchun, “Flynas” (ilgari Nas Air) 2007 yilda tashkil topgan. Flynas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan. Usbu kompaniya eng yirik byudjet aviakompaniyalardan biri xisoblanadi. 17ta mahalliy va 53ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda 27 ta samolyotlar parkiga ega.