Frank Raykard "Barsa"ga qaytishi mumkin

  • 11:19 / 21.05.2021
  • 107

“Barselona” futbol klubi mavsum tugagach, 8 yil tannafus e’lon qilgan niderlandiyalik mutaxassisni jamoaga taklif qilmoqchi. 

Mundo Deportivo’ning yozishicha, klub prezidenti Joan Laporta jamoaning sobiq bosh murabbiyi Frank Raykard nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, niderlandiyalik murabbiy hozirgacha klubning aksariyat futbolchilari bilan aloqada bo‘lib turgan.

Raykard jamoaga taklif etilgan taqdirda Xavi ham klubda uning yordamchisi sifatida murabbiylik faoliyatini boshlab, so‘ng klub bosh murabbiyligini qabul qilib olishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Raykard 2013-yildan buyon hech bir jamoani boshqarmayapti. 

Frank 2013-yilda Saudiya Arabistoni milliy jamoasini tark etgach, hozirda Amsterdamda istiqomat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” rahbari Joan Laporta murabbiy Ronald Kumanni mavsum yakunlangach, vazifasidan ozod etishi haqida xabar berilgan edi.