Fransiyada o‘rmon yong‘inlari sabab aholi evakuatsiya qilindi

  • 14:00 / 17.08.2021
  • 210

Aljazeera nashri bergan xabarga ko‘ra, Fransiyaning janubiy hududlarida o‘rmon yong‘inlarini kuchayishi sabab minglab kishilar evakuatsiya qilingan. Hozirda 750 nafar o‘t o‘chiruvchi va samolyotlar yong‘in bilan kurashmoqda. Yong‘inlar boshlangan hududda kuchli shamollar va yuqori temperatura qayd etilgan. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Fransiya o‘rmon yong‘inlari yetib borgan O‘rta Yer dengizining oxirgi mamlakati bo‘lgan. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati matbuot kotibi ma’lum qilishicha, hududdagi barcha fuqarolar oldindan evakuatsiya qilingan va hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. 

Qayd etilishicha, yong‘in 16-avgust kuni boshlangan va hozirga kelib 3500 gektar maydonni egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, Fransiyadan oldin O‘rta Yer dengizida joylashgan boshqa mamlakatlar, xususan, Turkiya, Gretsiya, Portugaliya, Jazoir va Marokash mamlakatlarida o‘rmon yong‘inlari yuz bergandi.