Fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan talaba va uning mutaxassis sherigi ushlandi

  • 21:21 / 28.07.2021
  • 215

Ikki nafa firibgar jami 1000 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda Qo‘qon pedagogika instituti talabasi Z.A. fuqaro Q.ni tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Keyinchalik, uning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda, Qo‘qon pedagogika institutning sirtqi bo‘limi bosh mutaxassisi X.B. talaba Z.A. dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum  bo‘lishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.