Futzal: Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

  • 14:38 / 15.09.2021
  • 89

Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 2-tur uchrashuvini o‘tkazadi.

Terma jamoamiz  guruh peshqadami Rossiyaga qarshi maydonga tushadi.  1-turda Rossiya terma jamoasi Misr ustidan 9:0 hisobida ga'laba qozongan edi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da Vilnyusdagi "Vilnius Arena" sport majmuasida boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi 1-turda Gvatemala bilan kuch sinashgan va yakunda 4:5 hisobida raqibiga yutqazib qo‘ygandi.

Futzal, JCh—2021

2-tur

15-sentyabr, chorshanba

O‘zbekiston — Rossiya