Futzal. JCh-2020. Bugun O‘zbekiston chorak final yo‘llanmasi uchun Eronga qarshi bahs olib boradi

  • 08:52 / 24.09.2021
  • 122

Bugun, 24 sentyabr kuni futzal bo‘yicha Jahon chempionatining nimchorak final o‘yinlari yakunlanadi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi  1/8 final doirasida Eron terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. 

Yaxshi bilasiz, O‘zbekiston futzalchilari "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, JChda ilk marotaba guruhdan chiqishdi. Pley-offning dastlabki bosqichida yigitlarimiz "Osiyo giganti" hisoblangan (Jahon chempionati bronza medali sohibi hamda Osiyoning 10 karra chempioni!) Eronga qarshi bahs olib boradilar. Eron ham huddi O‘zbekiston kabi o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:30da Vilnyusdagi "Vilnius Arena" majmuasida start oladi. 

Nimchorak finalning qolgan natijalari:
Rossiya – Vyetnam - 3:2
Venesuela – Marokash - 2:3
Argentina – Paragvay - 6:1
Qozog‘iston – Tailand - 7:0
Braziliya – Yaponiya – 4:2

Bugun bo‘lib o‘tadigan uchta bellashuv bilan nimchorak final bahslariga yakun yasaladi va chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi. 

O‘zbekiston – Eron – 19.30
Ispaniya – Chexiya – 22.00
Portugaliya – Serbiya – 22.00

Chorak finalning ba’zi juftliklari aniq bo‘lib ulgurgan. Jumladan, Argentina Rossiya bilan, Qozog‘iston esa ertangi O‘zbekiston – Eron uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.