Futzal: Oʻzbekiston terma jamoasi Eronga imkoniyatni boy berib, JChdagi yurishini toʻxtatdi

  • 21:27 / 24.09.2021
  • 116

Vakillarimiz 1 ta toʻp farqi evaziga magʻlub boʻlib, chorak final yoʻllanmasidan mosuvo boʻlishdi.

Litvada oʻtayotgan futzal boʻyicha nimchorak final bahslari doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Eron bilan bahs olib bordi. Qayd etish mumkin, ancha qiziqarli va gollarga boy kechgan uchrashuvda ikkala tomon ham murosasizlik namoyish etishdi.

Deyarli butun bellashuv mobaynida Eron vakillari hisobda oldinda borishdi. Biroq vakillarimiz boʻsh kelishmadi va oʻyin soʻnggiga qadar kurash olib borishdi. Afsuski, yakunda yoʻl qoʻyilgan baʼzi xatolar tufayli vakillarimiz 8:9 hisobida yutqazib qoʻyishdi.

JCh-2021. Nimchorak final.

Oʻzbekiston — Eron 8:9

Gollar: Husniddin Nishonov 9ʼ, 33ʼ, Dilshod Rahmatov 17ʼ, Ixtiyor Ropiyev 18ʼ, Anasxon Rahmatov 27ʼ, 39ʼ, Ilhom Hamroyev 30ʼ, 40ʼ – Ali Hasanzoda 1ʼ, 22ʼ, 28ʼ, Mahdi Javid 5ʼ, 25ʼ, Said Ahmad Abbosi 16ʼ 37ʼ, Farhod Tavakkoli 18ʼ, Muslim Oladgodbah 29ʼ

Oʻzbekiston: 12. Ravshan Eliboyev, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhom Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron Choriyev

Zaxira: 1. Rustam Umarov, 16. Abbos Elmurodov, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 5. Muzaffar Ahadjonov, 7. Dilshod Rahmatov, 11. Akbar Usmonov, 14. Xushnur Erkinov, 15. Sunnatilla Joʻrayev

Eron: 2. Alirizo Samimi, 5. Hamid Ahmadi, 6. Muhammadrizo Sangsefidi, 7. Ali Hasanzoda, 9. Said Ahmad Abbosi

Zaxira: 1. Safir Muhammadi, 3. Ahmad Ismoilpur, 4. Alirizo Rafeipur, 8. Muslim Oladgodbah, 11. Farhod Fahim, 12. Muhammad Shajari, 13. Farhod Tavakkoli, 14. Mahdi Javid, 15. Taha Nematian