Fyuri va Uaylder oʻrtasidagi uchinchi jang nokaut bilan yakunlandi (video)

  • 11:06 / 10.10.2021
  • 209

AQShning Las-Vegas shahrida ogʻir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri va sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder oʻrtasida jang boʻlib oʻtdi.

Dastlabki raundlar Uaylderning faolligi bilan boshlandi, biroq 3-raundda amerikalik bokschi kuchli zarba oʻtkazib yubordi va nokdaun holatiga tushdi. 4-raundda esa Tayson Fyuri ikki bor nokdaun holatiga tushib qoldi.

7-raunddan boshlab ustunlik britaniyalik bokschi tomonga toʻliq oʻtdi. Irodasini koʻrsata olgan Uaylder baribir 11-raundda raqibidan oʻtkazib yuborgan kuchli zarbasi oqibatida nokautga uchradi.

Shu tariqa, Tayson Fyuri uchinchi jangni ham oʻz foydasiga hal qildi va chempionlik kamarini oʻzida saqlab qoldi.