"GAI" xodimiga 6 mln so‘m pora taklif qilgan shaxs qo‘lga tushdi

  • 14:06 / 27.03.2021
  • 66

U o‘ziga tegishli avtotransport vositasini mast holda boshqarganligi yuzasidan tuzilgan bayonnomani tanishi I. I. nomiga rasmiylashtirishini so‘rab, YPX inspektoriga pora taklif qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman bo‘limining IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida qoidabuzar fuqaro A.Yu. ushbu “xizmat”i evaziga YHXB katta inspektori A. B. ga 6 mln so‘m pora bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan A. Yu. ga nisbatan JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borimoqda.