"GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass" ko‘rsatgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

  • 10:00 / 03.04.2021
  • 73

Ijtimoiy tarmoqlarda "GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass" sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlandi. 

2021-yil 31-mart kuni "Toshkent-Chimyon" avtomobil yo‘lida YPX xodimi "DAF" rusumli yuk avtomobili haydovchisini svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanganligi uchun to‘xtatgan va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirgan. 

YPX xodimi bayonnoma rasmiylashtirishidan g‘azablangan haydovchi qattiq jism bilan inspektorni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan. 

Holat 2-aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudida ko‘rib chiqildi. Fuqaro A.S. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.