Galapagos orollari timsoli – “Darvin arkasi” qulab tushdi (foto)

  • 15:04 / 18.05.2021
  • 222

Galapagos orollari arxipelagida joylashgan yagona qoya, orollar ramzi hisoblangan “Darvin arkasi”ning yuqori qismi qulab tushdi. Bunga eroziya hodisasi sabab boʻlgan.

“Darvin arkasi” Galapagos orollarining shimoliy qismida, Darvin orolidan taxminan bir kilometr uzoqlikda joylashgan. Ushbu maskan dayving bilan shugʻullanish, akula va boshqa turdagi dengiz mavjudotlarini kuzatish uchun dunyodagi eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Galapagos orollari Tinch okeanida joylashgan boʻlib, 1978-yilda YUNESKO tomonidan umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.