“Gazprom” gazining oldi-sotdisi bo‘yicha O‘zbekistonga oid raqamlar ochiqlandi

  • 12:28 / 23.06.2021
  • 312

“Gazprom” gazining oldi-sotdisi bo‘yicha O‘zbekistonga oid raqamlar ochiqlandi. Bu haqda Rossiya konsernining  hisoboti va memorandumida xabar berilgan.

Xabar qilinishicha, O‘zbekiston 2018-yilda “Gazprom”ga 3,8 milliard kubometr gaz yetkazib berdi. 2019-yilda yetkazib berish hajmi 4,9 milliard kubometrga yetdi. 2020-yilga kelib gaz yetkazib berish to‘xtatildi. 2021-yilning birinchi choragida ham o‘zbek gazi Rossiya konserniga yetkazib berilmaganligini yangi memorandum tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, 2020-yilda “Gazprom” Turkmaniston gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni boshladi. 2020-yilda 0,9 milliard kubometr gaz yetkazib berilgan bo‘lsa, 2021-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 1,5 milliard kubometrga yetgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2021-yilning birinchi choragida “Gazprom/ Turkmaniston”dan Xitoyga eksport qilishi mumkin bo‘lgan gazdan (0,54 milliard kubometr) uch baravar ko‘p gaz sotib oldi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari hozir juda tez rivojlanmoqda. Avvalo, bu O‘zbekistonga tegishli. Biz bu mamlakatda iste’molning katta o‘sish darajasini kuzatmoqdamiz. Shuning uchun ular gazni sotishdan ko‘ra o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirishni ma’qul ko‘rishyapti”, – deydi “Gazprom”ning bosh direktori Yelena Burmistrova.