Germaniya Rossiya Bosh vaziri kuyovini tergov qilmoqda

  • 08:13 / 24.03.2020
  • 616

Koblents shahri prokuraturasi tomonidan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinning kuyovi rossiyalik biznesmen Aleksandr Udodovga nisbatan “noqonuniy pullarni yuvish” aybi bilan tergov qilinmoqda. Bu haqda DW prokuraturadagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Prokuratura vakili bergan xabarga ko‘ra, Udodov VG Cargo logistik kompaniyasi orqali pul yuvishda ayblanmoqda. Udodovning o‘zi ushbu kompaniyani 2004-yilda sotib olgani va Frankfurt-Xan aeroportiga yuklarni yetkazib berish bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.
Tages-Anzeiger gazetasiga ko‘ra, VG Cargo kompaniyasining ustav kapitaliga 13 million yevro naqd shaklida kiritilgan. Jurnalistlar bunday yirik mablag‘ noqonuniy shaklda olingan bo‘lishi mumkinligini ilgari surmoqda.