Germaniyada axlat qutisidan 17-asrda chizilgan Rembrandtga aloqador noyob suratlar topildi (foto)

  • 17:55 / 20.06.2021
  • 396

Germaniyadagi A7 avtobanidagi mashinalar to‘xtash joyidagi axlat qutisidan 17-asrga oid ikkita noyob surat topildi. Bu haqda Kyoln politsiyasi xabar berdi.

Kyoln politsiyasi rasmlarning egasini qidirmoqda va suratlar axlatxonaga qanday tushib qolganini aniqlashmoqda.

Dastlabki tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, bu niderlandiyalik rassom, Rembrandtning shogirdi Samuel van Gogstratenning (1627-1678) bola portreti va italiyalik Pietro Bellotining (1627-1700) avtoportretlaridir

.

Ma’lum bo‘lishicha, suratlarni may oyida avtoturargohda to‘xtagan 64 yoshli erkak topib olgan. Keyinchalik ularni politsiyaga topshirgan.
 

Teglar