Germaniyada Bundestag lokdaunni kuchaytirdi 

  • 20:20 / 22.04.2021
  • 161

Germaniya Bundestagi aholini epidemiologik jihatdan himoya qilish maqsadida lokdaunni kuchaytirish qaroriga keldi. Bu Berlin markazidagi ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan. 

“Lokdaunni kuchaytirish uchun deputatlarning 342 tasi ovoz bergan. 250 nafar deputat qarshilik bildirgan bo‘lsa, 64 nafari betaraf qolgan”, deyiladi xabarda. 

Odamlar soat 22:00 dan 5:00 gacha komendantlik soatini joriy qilish, maktablarni yopish va do‘konlarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish masalalarini ko‘proq tanqid qilganlar.

O‘zgarishlar shanba kunidan boshlab amalga tatbiq etilishi kutilmoqda.