Germaniyada terakt rejalashtirishda gumon qilingan tojikistonliklar hibsga olindi

  • 15:28 / 15.04.2020
  • 406

Bugun, 15-aprel kuni Germaniya politsiyasi besh nafar tojikistonlik fuqaroni mamlakatda joylashgan AQSh kuchlariga hujum qilishni rejalashtirgan “Islomiy davlat” terror guruhiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi, deb xabar bermoqda ASIA-Plus.

Xabarda aytilishicha, gumondorlarning to‘rttasi chorshanba kuni Shimoliy Reyn Vestfaliya shtatida hibsga olingan. Bir nafar tojikistonlik esa oldinroq qo‘lga olingan.

“Ular Islomni tanqid qilgan deb hisoblangan shaxslarga hujum qilishni rejalashtirganliklari aytilmoqda”, deydi Karlsrue prokuraturasi.

Gumonlanuvchilar 2019-yil yanvar oyida “Islomiy davlat” terror guruhiga qo‘shilishda ayblangan. Ular dastlab Tojikistonda hujumlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Keyinroq Suriyadagi IShID yetakchilaridan maxsus ko‘rsatma olib, Germaniyaga yetib kelishgan.

Shuningdek, gumonlanuvchilarning ikkitasi 40,000 AQSh dollari evaziga suiqasd amalga oshirish uchun Albaniyaga borganlikda ayblanmoqda.