Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

  • 10:46 / 12.08.2021
  • 279

Bugun, 12-avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimligida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Unda xalq noiblari, tashkilot, korxona rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Guliston tumani hokimi lavozimiga Begimqulov Saydimqul Shoimqulovich tasdiqlandi.
Saydimqul Begimqulov 1969-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U 2012-yildan bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018-yilning oktyabr oyidan shu kunga qadar Gafurov Shavkat Alibekovich Guliston tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Guliston tumani sektor rahbarlari lavozimiga ham yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Xususan, Guliston tumani prokurori lavozimiga Sangirov Dilshod Muhammadovich tayinlandi.
Dilshod Sangirov tayinlovga qadar Oqoltin tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Guliston tumani IIB boshlig‘i lavozimiga Ibragimov Shodiyor Usmonovich tayinlandi.

Guliston tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Farsaxanov Xasan Nabijon o‘g‘li tayinlandi.
Sessiya davomida deputatlar tavsiya etilgan nomzodlar haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.