“Habib – boss. U nimani xohlasa shu bo‘ladi” – Xavyer Mendes 

  • 13:21 / 06.01.2020
  • 805

Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes o‘z shigirdi va Konor MakGregor o‘rtasidagi revansh haqida gapirdi. 

Menimcha, ba’zi odamlar ushbu jangni uyushtirishni xohlashmoqda, lekin Habib chempion, u shartlarni aytadi. U xohlaganidek bo‘ladi. U – boss… Hozir u har qanday kurashda asosiy tomon. Shunday qilib har qanday jang faqatgina uning xohishiga ko‘ra amalga oshadi. Men u bilan bo‘lishim va uni qo‘llab-quvvatlashim mumkin”, dedi Mendes. 

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov o‘zining navbatdagi jangini 18-aprel kuni Nyu-Yorkda UFC 249 turnirida Toni Fergusonga qarshi o‘tkazadi.