Habib Nurmagomedov keyingi raqibini rasman e’lon qildi

  • 12:04 / 10.05.2020
  • 1062

UFC jangchisi Habib Nurmogamedov o‘zining Instagram’dagi sahifasida keyingi raqibi kim bo‘lishi haqida ishora qilib o‘tdi. 

“Ushbu sport turida va ayniqsa bu vaznda doimo sizning ortingizda nafas olib turgan och sherlarga duch kelasiz. Agar siz ozgina hotirjamlikka berilsangiz, unda siz tamomsiz. Ba'zilari ketishadi, boshqalari kelishadi, ajablanadigan narsa yo'q.
Ammo mening zarbadan oldin yiqilish niyatim yo‘q. Biz hali jang qilamiz” deya post qoldirgan Habib o‘zining Instagram’dagi sahifasida.  

(U bugun Tonini yer tishlatgan Jastin Geyji – suratda Habibni orqasida turibdi, -tahr.)