Habib Nurmagomedov: “Men hech qachon janglarga qaytmayman”

  • 18:18 / 06.08.2021
  • 719

Sportchi ayni paytda nimadan mamnun ekanligini aytdi. Bu haqda Championat xabar berdi.

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov hech qachon jangga qaytmasligini aytdi.

“Men hech qachon janglarga qaytmayman. Yoʻq, yoʻq, yoʻq, yoʻq va yana yoʻq. Menga shunchaki, men shugʻullantirayotgan yigitlarning janglardagi gʻalaba qozongani koʻrish yoqmoqda”, deydi Nurmagomedov.

Eslatib oʻtish mumkin, Habib faoliyati davomida 29 ta jang oʻtkazib, biror marta ham magʻlubiyat alamini totmagan. Nurmagomedovning soʻnggi jangi 2020-yilning oktyabr oyida Jastin Getjiga qarshi kechgan edi. Shundan soʻng, Habib onasiga otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov vafotidan keyin boshqa jang qilmaslikka vaʼda berganini aytdi.

Oqibatda, UFC prezidenti Dana Uayt bir necha bor Habibni qaytishga koʻndirmoqchi boʻldi, lekin u barcha takliflarni rad etgan edi.

Teglar