Habib Nurmagomedov: “Toni, boshingni baland ko‘tar”

  • 15:14 / 12.05.2020
  • 1338

UFCning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov UFC 249 musobaqasida Jastin Getjiga mag‘lub bo‘lgan Toni Fergyusonni qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda Championat nashri.

“Nima bo‘lgan bo‘lsa, hammasi o‘tmishda qoldi. Toni, boshingni baland ko‘tar. Sen va oilang bilan hammasi yaxshi bo‘ladi degan umiddaman. O‘g‘ling ham katta bo‘lsa, albatta, sen bilan faxrlanadi”, deya yozadi Habib Nurmagomedov.

Oldinroq Florida shtati Jeksonvill shahri (AQSh) “VyStar Veterans Memorial Arena”da bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida Jastin Getji Toni Fergyusonni texnik nokautga uchratib, yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasida aslida Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo ular o‘rtasidagi jang koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilindi.