Habib Ronalduning MYUdagi debyutiga munosabat bildirdi

  • 23:25 / 13.09.2021
  • 116

Portugaliyalik hujumchi oʻzining ilk uchrashuvida dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov portugaliyalik “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Angliya chempionatining 4-turidan oʻrin olgan “Nyukasl” (4:1) ga qarshi oʻyini haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Bu uchrashuvda hujumchi dubl qayd etdi.

“Har qanday holatda ham u baribir afsona”, — deb yozib qoldirgan Habib oʻzining Instagram sahifasida.

Eslatib oʻtish mumkin, 36 yoshli Ronaldu “Yuventus”dan yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin “Manchester Yunayted”ga 15 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan edi.

Portugaliyalik yulduz ingliz klubi bilan bir yilga uzaytirish sharti bilan 2023-yilning yozigacha shartnoma imzoladi.