Habib va Fergyuson jangi bo‘yicha yangi taklif o‘rtaga tashlandi

  • 09:44 / 13.04.2020
  • 1160

UFC super yulduzi Konor Makgregorning murabbiyi Jon Kavana to‘rt nafar yengil vazn toifasi yetakchilari ishtirokida musobaqa o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda MMA Junkie nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Jon Kavana o‘zining Twitter’dagi sahifasida Konor Makgregor—Jastin Getji va Habib Nurmagomedov—Toni Fergyuson janglarini avgust oyidagi musobaqada o‘tkazishni taklif qilgan.

Ta’kidlanishicha, bu UFC 249 turnirining yarim finallari bo‘ladi. Murabbiy finalni yil yakunida o‘tkazishni, shu orqali yengil vaznning eng kuchli vakilini aniqlashni taklif etgan.

“Hozircha UFC bu musobaqaga rasmiy turnir maqomini berishni istamayapti, ammo Kavananing taklifi haqiqatga yaqin. Agar kelgusi oylarda normal hayot izga tushsa, bu taklifni o‘ylab ko‘rish mumkin”, deyiladi xabarda.
 
Oldinroq UFC 249 musobaqasi koronavirus sabab noma’lum sanaga qoldirilgani haqida xabar bergandik.