Habib va Getji jangi kuzda bo‘lishi mumkin

  • 13:47 / 09.06.2020
  • 856

Rossiyalik MMA yulduzi Habib Nurmagomedov va amerikalik Jastin Getji o‘rtasidagi jang sentabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Xabibning menejeri Rizvon Magomedov ma’lum qildir.
Bizda taxminiy oy bor, bu sentabr. Jang o‘tkazilish joyi va aniq vaqti hozircha noma’lum. Faqatgina jangni taxminiy sanasi bor. Bo‘lajak raqib? Getjidan boshqa kim bizning raqibimiz bo‘lishi mumkin, deya Magomedovdan iqtibos keltiradi TASS agentligi.  
31 yoshli Nurmagomedov yengil vazn toifasida UFC chempioni hisoblanadi. U MMA doirasida o‘tkazilgan 28 jangning barchasida g‘alaba qozongan. 31 yoshli Getjida esa 22 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor.